Супер день и ночь tuzilishi:
Dori shakli: 5 dona oq oval, taʼsiri uzaytirilgan kunduzgi tabletkalar + 5 dona sariq, dumaloq, qobiq bilan qoplangan tungi tabletkalar.
Tarkibi: Kunduzgi tabletka
Faol moddalar: Paratsetamol 650 ml, fenilefrin gidroxlorid 20,0 ml.
Tungi tabletka
Faol moddalar: Paratsetamol 500 ml, Difengidramin gidroxlorid 25, 0 ml.
Taʼrifi:
Kunduzgi tabletka: oval, ikki tomoni qavariq bir tomonida riskasi bo‘lgan, taʼsiri uzaytirilgan oq rangli tabletkalar
Tungi tabletka: dumaloq, ikki tomoni qavariq, sariq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Qo‘llash usuli va dozalari
Bitta oq kunduzgi tabletka nonushtadan so‘ng va bitta sariq tabletka kechqurun.
Davolashning davomiyligi - 5 kundan ko‘p emas.
Nojo‘ya taʼsiri:
Paratsetamol qabul qilganda kam xollarda Nojo‘ya taʼsiri kuzatiladi. Baʼzi xollarda teri toshmasi, eshakemi,
angionevrotik shish kabi allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.
Tavsiya etilgan dozalardan oshirib uzoq muddat
qo‘llanganda juda kam xollarda kon manzarasida o‘zgarishlar (anemiya, trombotsitopeniya, agranulotsitoz, gemolitik anemiya, aplastik anemiya, metgemoglobinemiya, pansitopeniya); gepatotoksik taʼsir, nefrotoksiklik (kapillyar nekroz); bronxoobstruksiya kuzatilishi mumkin.
Juda kam xollarda fenilefrin bosh aylanishi, uxlashni buzilishi, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, midriaz; arterial
bosimni oshishi,taxikardiya, ko‘ngil aynishi, qusish, og‘izni ko‘rishi ; Siydik tutilishi, akkomodatsiya, pareza kuzning ichki bosimini oshishini chaqirish mumkin.
Ushbu samaralar preparatni qabul qilish to‘xtatilgandan so‘ng o‘tib ketadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:
homiladorlik va laktatsiya davri
monoaminoksidaza ingibitorlari bilan raqobatli davolash preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik
12 yoshgacha bo‘lgan bolalik yoshida ko‘llash mumkin emas.